To‘q qoringa yotish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, deydi shifokor-gastroenterolog, gepatolog Natalya Marchenko
Odatda ovqatdan so‘ng ko‘pchilik yotib dam olishni istaydi. Biroq shifokorning aytishicha, tamaddi qilgandan so‘ng yotish mumkin emas.
“Tananing gorizontal holatda sfinkterga (massani bir organdan boshqa organga olib o‘tadigan klapan)ga bosim kuchayadi. Sog‘lom odamda bu diskomfortga, oshqozon-ichak traktida muammolar bo‘lganlarda bu ovqat hazm qilish jarayonining buzilishiga olib kelishi mumkin”, - deydi Marchenko.
Bu oshqozonda og‘riq, qorinning ustki qismida yoqimsiz hislar yoki oshqozon shishishi kuzatilishi mumkin.
Ovqat zararli ta’sir qilmasligi uchun vertikal holatda turish lozim. Asosiysi oshqozonga bosim o‘tkazmaslik, o‘tirgan holatda ham bukchaymaslik. Yurish va sayrga chiqish faqat foydali bo‘ladi, deya tavsiya qiladi shifokor.