TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Kelasi haftadan Hindiston Rossiya bilan savdo-sotiqdagi hisob-kitoblarda rupiyadan foydalanishni boshlaydi. Bu haqda Hindiston eksport tashkilotlari federatsiyasi bosh direktori Ajay Saxay “Mint” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Qator masalalar hal etildi. Eksportchilari importchilar banklarga hisob ochish uchun (rupiyada – tahr.) murojaat qila boshlashdi. Rossiya bilan ayrim tovarlar savdosi hisob-kitoblari yangi to‘lov tizimi bo‘yicha kelasi haftadan amalga oshirilishi kutilmoqda”, - dedi u.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, beshta yoki oltita Rossiya banki Hindiston banklarida savdo hisob-kitobi uchun rupiyada hisob ochishga ruxsat olgan. Nashr hozirgacha bunday 10-11 ta hisob ochilganiga aniqlik kiritgan.
Noyabr boshida Hindiston hukumati xalqaro savdo hisob-kitoblarida milliy valyutadan foydalanishga ruxsat bergan. Noyabr o‘rtasida Hindiston Rossiya bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini ikki baravarga oshirishmoqchi ekani ma’lum bo‘lgan edi, milliy valyutalardagi hisob-kitoblar esa bu uchun qo‘shimcha turtki bo‘lishi kerak.