"Zomin" davlat qo‘riqxonasi hududida bulduruq hodisasi kuzatilmoqda

Bulduruq qalin tuman sabab ko‘rinuvchanlikning 50 metrgacha cheklanganida hamda haroratning 0 darajadan past bo‘lganida ro‘y beradi.
Sputnik
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi "Zomin" davlat qo‘riqxonasi hududida bulduruq hodisasi kuzatilmoqda. Bu haqda Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Tabiatning bu hodisasi bulduruq (izmoros) deyiladi. U qalin tuman sabab ko‘rinuvchanlikning 50 metrgacha cheklanganida hamda haroratning 0 darajadan past bo‘lganida ro‘y beradi.
Namlikka o‘ta to‘yingan havo tarkibidagi suv kristallashib daraxt shoxlari, simliklar va simog‘ochlarga yopishib qoladi. Ya’ni qirov atrofni qor kabi qoplab oladi.
Fizikada bu — sublimatsiya hodisasi deyiladi.
"Zomin" davlat qo‘riqxonasi
Rasmlar qo‘riqxona xodimlari tomonidan nazorat-kuzatuv ishlari jarayonida olingan.