TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Toshkent viloyatidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga 1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli farmoyishi qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, viloyat mahalliy budjetining joriy yil 3- chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish uchun mablag‘ ajratish berlgilangan.
Mablag‘ viloyatdagi nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, uy-joyi ta’mirtalab fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun sariflanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda aholi bilan muloqotning sifat jihatidan mutlaqo yangi tizimi joriy etilib, tajriba sifatida Toshkent viloyatining og‘ir hududlaridan biri bo‘lgan Oqqo‘rg‘on tumani tanlab olingandi.