TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Namangan viloyati Davlatobod tumanida Hosil bayrami munosabati bilan xalq sayillari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Ko‘pkari bellashuvlarida Andijon, Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va Qozog‘iston, Tojikiston hamda Qirg‘izistondan kelgan besh yuzga yaqin mohir chavandozlar ishtirok etishdi.
Davlatobod tumani hududida qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan uloq-ko‘pkari bellashuvlarini o‘n mingga yaqin fuqarolar kuzatib bordi.
Ma’lumot uchun, uloq, ko‘pkari – O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy ommaviy, milliy o‘yinlaridan biri bo‘lib, asosan, g‘alaba va hosil bayramlari, to‘y va sayillar munosabati bilan tashkil etilgan.
O‘zbekistonda uloq-ko‘pkari musobaqalari viloyatlarda mavsumiy va doimiy ravishda o‘tkazilib kelinadi. Shu yilning 1-yanvar holatiga respublika bo‘yicha ularning soni 260,7 mintani tashkil etmoqda. Eng ko‘p ot Toshkent viloyatiga (55,8 ming bosh)to‘g‘ri keladi.