TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlar uchun hamkorlik bo‘yicha TOP-20 ta ustuvor davlatni aniqladi. O‘zbekiston ushbu reytingning kuchli o‘nligiga kirdi. Bu haqda Sputnik muxbiri YeIK matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqada.
Ro‘yxatning kuchli o‘nligiga Xitoy, Hindiston, Misr, Vyetnam, O‘zbekiston, BAA, Braziliya, Indoneziya, Meksika va Turkiya kiritilgan.
Ikkinchi o‘nlikka Ozarbayjon, Serbiya, Isroil, Mo‘g‘uliston, Saudiya Arabistoni, Tailand, Eron, Bangladesh, Senegal, Jazoir kiritilgan.
Avvalroq YeIK Integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Sergey Glazyev O‘zbekiston savdo-iqtisodiy hamkorlik ko‘lami bo‘yicha ham, o‘zaro hamkorlikning sifati va chuqurligi bo‘yicha ham YeOIIning eng yaqin hamkori ekanini ta’kidlagan edi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda YeOIIga a’zo mamlakatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni sezilarli darajada oshdi. Ularning soni 4,5 mingga yetdi.
YeOII a’zolari Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistondir. 2020-yilda O‘zbekiston birlashish jarayonida kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ldi.
YeOII a’zolari Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistondir. 2020-yilda O‘zbekiston birlashish jarayonida kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ldi.