TOShKENT, 8 dek - Sputnik. O‘zbekistonda, Rossiya va Qozog‘iston gaz ittifqiga qo‘shilish uchun, sun’iy gaz taqchilligi uyushtirilayotgani yo‘q, dedi respublika energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov. Vazirlik quyidagi axborotni Sputnik muxbiriga tasdiqladi.
"Bugungi vaziyat, tashqi faktorlarga bog‘liq bo‘lmagan holat. Taqchillik O‘zbekiston ichki iste’molining oshishi natijasida sodir bo‘ldi. Energiya iste’molining oshishi - iqtisodiyot hajmi o‘sishi, aholi soni va daromadlari oshishi natijasida sodir bo‘ldi. Ushbu ehtiyojni yetarli darajada qondira olmaganimiz – bu bizning aybimiz", - dedi vazir.
Mirzamaxmudov aytishiga ko‘ra, bugungi kunda respublikada barcha ichki resurslar safarbar qilingan, lekin qandaydir hajmda import qilishga ham ehtiyoj bor.
"Shu sababli biz bugungi kunda, qandaydir alyans yoki soyuz tuzish emas, biz qo‘shni davlatlardan tabiiy gaz va elektr energiyasini import qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayapmiz. Bunda biz milliy manfaatlardo‘an kelib chiqqan holda, o‘zimizning energiya tarmoqlarimizni kimgadir bervorish yo‘li bilan emas, tijoriy oldi-sotdi shartnomasi asosida hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilayapti", - dedi energetika vaziri.
Biroz oldin Reuters axborot agentligi va yana bir necha nashrlar "O‘zbekiston gaz ittifoqidan voz kechdi" mavzusida xabarlar tarqatgan edi.
Aytish joizki respublika rahbariyati tomonidan Rossiya va Qozog‘iston ishtirokidagi gaz ittifoqidan voz kechish haqidagi rasmiy bayonot hech qayerda e’lon qilinmagan.
Shu bilan birga, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov gaz ittifoqi bu iqtisodiy loyiha ekanini ham bir necha bor ta’kidlagan edi.