Masnikovich: YeOIIning yagona ilmiy-innovatsion makonini shakllantirish kerak

YeIK hay’ati raisi Mixail Masnikovich YeOII yagona ilmiy-innovatsion makonini shakllantirishni taklif qildi.
Sputnik
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati raisi Mixail Masnikovich Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) yagona ilmiy-innovatsion makonini shakllantirishni taklif qildi. Bunday taklifni u Bishkek investitsiya sammiti doirasida o‘tkazilayotgan ilmiy anjumanda bildirdi, deya xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston.
Masnikovning so‘zlariga ko‘ra, asosli ilmiy yondashuvlar va samarali ilmiy ishlanmalar YeOIIning texnik qayta qurollanishi va innovatsion rivojlanishining asosiy bir qismi bo‘lishi zarur. Bu kuchli tashqi bosimni inobatga olgan holda g‘oyat dolzarb, chunki ittifoqning ikki a’zosi – Rossiya va Belarus – G‘arb sanksiyalari ostida.
“Bu vaziyatda mustaqil va barqaror rivojlanish – mamlakatlarimiz iqtisodiy farovonligining garovi. O‘ylab qo‘ygan ishlarni amalga oshirish uchun ilmiy sohani tartibga solish yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish lozim”, - dedi YeIK hay’ati raisi va YeOIIning yagona ilmiy-innovatsion makonini shakllantirishni taklif qildi.
O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi. Ittifoq 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega.
YeOIIning maqsadi — a’zo davlatlar aholisining turmush darajasini yuksaltirish borasida barqaror rivojlanish uchun sharoitlar yaratish, tovarlar, xizmatlar, kapital va ish resurslarining yagona bozorini shakllantirishga harakat qilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish, har tomonlama modernizatsiyalash va o‘zaro kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.