TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) va Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining uchrashuvi 9-dekabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Belarus Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Uchrashuvda tomonlar xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, mudofaa sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashishadi, o‘zaro manfaatli masalalarni muhokama qilishadi.
MDHga O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston a’zo. ShHTga esa Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston a’zodir.