Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Ukrainaning Su-24 samolyotini urib tushirdi

DXRda Ukrainaning bombardimonchi samolyoti urib tushirildi.
Sputnik
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Aerokosmik kuchlari (AKK) Donesk xalq respublikasi hududida havoda Ukrainaning Su-24 front bombardimonchi samolyotini urib tushirdi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga asoslanib, xabar berdi.
“Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi aviatsiyasi Donesk xalq respublikasining Artemovka aholi punkti hududida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-24 samolyotini havoda urib tushirdi”, - deyiladi Rossiya harbiy idorasi bayonotida.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan buyon 341 ta samolyot, 180 ta vertolot, 2638 ta uchuvchisiz uchish apparati, 392 ta zenit-raketa majmuasi, 7020 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 913 ta yalpi reaktiv hujum tizimlari, 3664 ta dala artilleriyasi va minomotlar, shuningdek, maxsus harbiy mashinalar 7498 birlik yo‘q qilindi.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.