Talabalar uchun temir yo‘l chiptalariga 50% chegirma e’lon qilindi

Chegirmalar 22-dekabrdan 10-yanvargacha amal qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Talabalarga qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi temir yo‘l qatnovlari uchun chegirmalar e’lon qilindi. Bu haqidaO‘zbekiston temir yo‘llari” xabar berdi.
Chegirmalar 22-dekabrdan 10-yanvargacha amal qiladi. Chiptalarni sotib olish uchun pasport va talabalik guvohnomasi talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways ham Yangi yil ta’tili kunlarida talabalar uchun mahalliy aviaqatnovlarda 50% chegirma e’lon qilgandi.
Ushbu chegirmalar boshqa shahar OTMlarida tahsil olayotgan talabalar qishki ta’tilni oilasi bilan o‘tkazish imkoniyatini berish maqsadida taqdim etmoqda.