Jamiyat

Talabalar uchun temir yoʻl chiptalariga 50% chegirma eʼlon qilindi

© Toshkent MTU Samarqand temir yoʻl vokzali
Samarqand temir yoʻl vokzali - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Chegirmalar 22 dekabrdan 10 yanvargacha amal qiladi.
TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi temir yoʻl qatnovlari uchun chegirmalar eʼlon qilindi. Bu haqidaOʻzbekiston temir yoʻllari” xabar berdi.
Chegirmalar 22 dekabrdan 10 yanvargacha amal qiladi. Chiptalarni sotib olish uchun pasport va talabalik guvohnomasi talab etiladi.
Eslatib oʻtamiz, Uzbekistan Airways ham Yangi yil taʼtili kunlarida talabalar uchun mahalliy aviaqatnovlarda 50% chegirma eʼlon qilgandi.
Ushbu chegirmalar boshqa shahar OTMlarida tahsil olayotgan talabalar qishki taʼtilni oilasi bilan oʻtkazish imkoniyatini berish maqsadida taqdim etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0