Chirchiq texnoparkida qanday mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda - video

Toshkent viloyatidagi joylashgan Chirchiq texnoparkida Tatariston bilan hamkorlikda qator kimoviy mahsulotlar ishlab chiqilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 2 dek - Sputnik. “Chirchiq” kimoviy-sanoat texnoparki - bu O‘zbekiston va Tataristonning katta loyihasi. U Qozondagi “Ximgrad” texnopolisi asosida yaratilgan.
Bu Rossiyadagi eng muvaffaqiyatli texnoparklardan biri. U shz faoliyatini 2006-yildan buyon faoliyat yuritadi va unda 364 ta kompaniya ish olib boradi.
“Chirchiq” shu yilning bahorida ochildi va bu yerda allaqachon 12 ta rezident-kompaniyalar bor. 2022-yil oxiriga kelib rezidentlar sonini 17 tagacha ko‘payishi kutilmoqda.
“Chirchiq” texnoparki O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun kerak bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqariladi. Masalan -termoelastoplast.
“Termoelastoplastlar - bu rezinaga o‘xshash materiallar. Ammo rezinadan farqli ravishda ular ekologik toza va zararli kimoviy vositalar saqlamaydi” Termoelastoplastdan mashinasozlikda foydalaniladi.
Chirchiqda polipropilen ham ishlab chiqariladi. Polipropilen - O‘rta Osiyoda faqat shu yerda ishlab chiqariladi. Umuman olganda ushbu mahsulot dunyoning 9 ta mamlakatida ishlab chiqariladi, deydi korxona rahbari Dilshodbek Ahmedov.
Kelajakda “Chirchiq”da 2000 nafar ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. Bu yerda Janubiy Koreyalik ishbilarmonlarni ham taklif qilish rejalashtirilmoqda.