Alisher Usmonov Rossiyada yana bir bor eng saxovatli homiy bo‘ldi

Usmonovning fan, ta’lim, madaniyat va sportni rivojlantirishga, shuningdek, mamlakatdan tashqarida rus madaniyatini targ‘ib qilish va saqlashga qo‘shgan hissasi qayd etildi.
Sputnik
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Alisher Usmonov “Russian Creative Awards 2022”da “Yil homiysi” mukofotini oldi. Marosimning hakamlar hay’ati Usmonovning fan, ta’lim, madaniyat va sportni rivojlantirishga, shuningdek, mamlakatdan tashqarida rus madaniyatini targ‘ib qilish va saqlashga qo‘shgan hissasini qayd etdi.
Mukofot uchun taqdimnomada 2006-yilda u “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasini tashkil etgani, uning maqsadi ushbu sohalardagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Rossiya ijodiy sohalarining xorijdagi obro‘sini mustahkamlash ekanligi ta’kidlangan.
“Russian Creative Awards” 10 ta toifa bo‘yicha, jumladan, “Yil odami”, “Yil kashfiyoti”, “Yil voqeasi”, “Yilning ijodiy maydoni”, “Raqamli loyiha”, “Ta’lim loyihasi” va boshqalar bo‘yicha topshiriladi.