TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Namangan davlat universitetida Rossiya Biotexnologiya universiteti bilan hamkorlikda "Maktab ta’limi tizimida rus tili: qiyinchiliklar va o‘sish nuqtalari" mavzusida forum o‘z ishini boshladi.
Forum Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, xorijiy mamlakatlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar va xalqaro gumanitar hamkorlik bo‘yicha Rossiya Biotexnologiya universiteti tomonidan tashkil etildi.
Forumning asosiy maqsadi - rus tilini o‘qitishda o‘zaro tajriba almashish, rus tili o‘qituvchilarining mavqeyini yanada oshirish va ilg‘or innovatsion texnologiyalarni namoyish qilish hamda amalga tatbiq etishdan iborat.
Mejdunarodniy forum “Russkiy yazik v sisteme shkolnogo obrazovaniya: vizovi i tochki rosta”
© Namanganskiy gosudarstvenniy universitet
Tadbirda yetakchi nashriyotlar rahbarlari, maktab rahbarlari va rus tili fani o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.
Tadbirda quyidagi mavzular ko‘rib chiqilmoqda:
Hududdagi maktab o‘quvchilarining tabiiy fanlar bo‘yicha iqtidorini rivojlantirishni boshqarish tizimi: ixtisoslashtirilgan korxonalar bilan o‘zaro hamkorlik tajribasi;
Soft-Skills va shaxsiy ko‘nikmalar;
Nazm va nasr yo‘nalishida maktab o‘quvchilarining nutqini rivojlantirish;
Xalqaro kontekstda universitetgacha bo‘lgan muhandislik ta’limi;
Ta’limdagi tejamkorlik, ta’limdagi Lean-jarayonlar haqida.
Mejdunarodniy forum “Russkiy yazik v sisteme shkolnogo obrazovaniya: vizovi i tochki rosta”
© Namanganskiy gosudarstvenniy universitet
Rossiya Biotexnologiya universiteti ma’lum qilishicha, forum tadbirlarida O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon Respublikasi, Belarus, Singapur, Avstraliya va Ispaniyadan maktablar, pedagogika oliy o‘quv yurtlari, nashriyotlar rahbarlari, uslubiy ish bo‘yicha mutaxassislar va eng malakali o‘qituvchilar ma’ruzachi sifatida qatnashadi.
Mejdunarodniy forum “Russkiy yazik v sisteme shkolnogo obrazovaniya: vizovi i tochki rosta”
© Namanganskiy gosudarstvenniy universitet
Forum doirasidan qo‘shimcha kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha mahorat darsi va bir qator dasturlar ham o‘rin olgan.
Mazkur forum o‘z ishini 3-dekabrgacha davom ettiradi.
Mejdunarodniy forum “Russkiy yazik v sisteme shkolnogo obrazovaniya: vizovi i tochki rosta”
© Namanganskiy gosudarstvenniy universitet