Latviyada Yangi yil archasi svastikaga o‘xshash ramzlar bilan bezatildi

Liyelvarde shahrida Yangi yil archasi svastikaga o‘xshash ramzlar bilan bezatildi. Mahalliy hokimiyat uni milliy ramz deya tushuntirgan.
Sputnik
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Latviyaning Liyelvarde shahrida Yangi yil archasi svastika o‘xshash ramzlar bilan bezatildi.
Mahalliy hokimiyatning tushuntirishicha, bu shunchaki Latviyaning milliy ramzlari. U 1201-yilda Liyelvardeda topilgan va mamlakatning Madaniyat qonunlariga kiritilgan.
“Bu yil shaharda archani bu kamar ko‘rinishida o‘rnatishga qaror qilishdi”, - deb yozishmoqda latviyalik jurnalistlar.
Qayd etish joizki, svastika belgisi fashist Germaniyaning asosiy ramzi bo‘lgan va hozir dunyoning ko‘plab mamlakatlarida taqiqlangan.
Latviyada sovet jangchilari xotirasiga o‘rnatilgan “Alosha” haykalini buzish boshlandi