Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Vuchich Rossiya armiyasining Ukrainadagi faoliyatini yuqori baholadi

Rossiya armiyasi, Ukrainaga nisbatan ittifoqchilari kam bo‘lishiga qaramasdan, o‘z samaradorligini namoyish qildi - Vuchich.
Sputnik
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Rossiya harbiylarining Ukrainadagi harakatlari yanada muvaffaqiyatli bo‘ldi. Bu haqda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich “Pink.rs” nashriga bergan intervyusida ta’kidladi.
“Hamma Kiyevning g‘alabasini bashorat qilgan bir paytda, rus harbiylari janglarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Rossiyaning ukrainaliklarga qaraganda ancha kam ittifoqchilari bor, kuchli ittifoqchilari ancha kam, ammo shunga qaramay, ruslar o‘zlarining samaradorligini ko‘rsatdi”, deydi u.
Serbiya rahbari, shuningdek, mojaro tez orada tugamasligidan ogohlantirib, qish “juda og‘ir” bo‘lishini ta’kidladi.
Moskva 24-fevraldan beri Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Shu fonda Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning NATO bo‘ylab ittifoqchilari Kiyev rejimini qurollantirishda davom etmoqda va buning uchun o‘nlab milliard dollar ajratmoqda. Moskva G‘arb qurollarini yetkazib berish faqat mojaroni uzaytirishini, qurol-yarog‘ tashish esa Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.