“Bu yerda odamlar dono, savodli, ular bu signallar nimaga olib kelishini tushunadi”, - dedi Volodin Toshkentga tashrifi chog‘ida AQSh vakillarining mintaqaga tashrifi ko‘payib qolganiga munosabat bildirayotib.
“Amerikaliklar energiya resurslarini o‘zlari uchun bir xil narxda oladi, Yevropa uchun esa to‘rt baravar qimmatga yetkazib beradi, lekin shu bilan birga ular Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar urushiga jalb qilindi, arzon energiyadan foydalanishga imkon beradigan dasturlarimiz cheklandi, ular Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlarda sanoatning rivojlanishi uchun asos edi”, - deydi Volodin.
“Biz buning natijasini ko‘rib turibmiz. Buni Osiyo mamlakatlarida yashovchilar, ayniqsa, biz bilan doimo o‘zaro hurmat, do‘stlik va ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillari asosida munosabat o‘rnatganlar tushunadi”, - deb hisoblaydi Davlat dumasi spikeri.