Shakar ishlab chiqarish hajmi oshdi

Oktabr oyida shakar ishlab chiqarish hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan 10,5 % ga oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Joriy yilning oktabr oyida 52,4 ming tonna shakar ishlab chiqarildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Qayd etilishicha, 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 544,5 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan.

“Shakar ishlab chiqarish hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan 10,5 % ga oshgan”, - deyiladi xabarda.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston 10 ta xorijiy davlatlardan qiymati 48,6 ming tonna shakar import qilgan.
Rossiya kelasi yil ham YeOII davlatlariga shakar yetkazib beradi - Bodin