TOShKENT, 28 noya — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahrom A’loyev Rossiyaning mamlakatdagi elchisi Oleg Malginovni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda tomonlar so‘nggi yillarda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi misli ko‘rilmagan darajada yuqori darajaga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
“Davlatlararo hamkorlikni barcha darajalarda rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, kelgusi tadbirlarning jadvali va kun tartibi turli darajalarda ko‘rib chiqiladi. Tomonlar xalqaro va mintaqaviy institutlar doirasida muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalar va sanoat kooperatsiyasini faollashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.