Bu qiziq

Qaysi vitamin uyqusizlikka qarshi foyda beradi

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har uch kishidan biri vaqti-vaqti bilan uyqusizlik muammosidan aziyat chekadi. Ayniqsa, bundan keksalar ko‘proq qiynalishi ma’lum.
Sputnik
Buyuk Britaniya Oksford akademiyasi olimlarining aniqlashicha, uyqusizlikka V12 vitamini davo bo‘ladi. Chunki ushbu vitamin organizmdagi metabolizm jarayonini mustahkamlab uyqu uchun zamin yaratadi. Qolaversa, to‘yib uxlash uchun ichaklar faoliyati normal bo‘lishi zarur.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda har uch kishidan biri vaqti-vaqti bilan uyqusizlikdan aziyat chekadi. Bundan ko‘proq keksalar qiynalishi ma’lum. Biroq stress, turli surunkali xastaliklar, nosog‘lom turmush tarzi va tig‘iz ish rejimi tufayli bu holat o‘rta yoshli erkak va ayollar, hatto bolalarda ham kuzatilmoqda.
Shifokorlar uyqusizlikning davosi melatonin moddasi ekanligini yaxshi biladi. Chunki u xalqona tilda “uyqu gormoni” ham deb ataladi. Mazkur modda inson tanasida yarim tundan ertalabki soat 5:00 gacha maksimal darajada ishlab chiqariladi. Mazkur jarayonning cho‘qqisi tungi soat 02:00 atrofi hisoblanadi. Bolalar qonida ushbu gormon miqdori yuqori bo‘lishi tufayli chaqaloqlar juda ko‘p uxlaydi.