TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Butunjahon halol sammiti 2022" doirasida halol taomlar chempionati o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi jamoasi sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Turizm va madaniy meros vazirligi.
Butunjahon halol sammitida 80ta davlatdan tadbirkorlik subektlari vakillari, olimlar, ekspertlar, umumiy ovqatlanish sohasi mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Sammit tajriba almashinuviga ko‘maklashish, halol mezonlari bo‘yicha pazandachilikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash, kasb mahoratini oshirish, dunyo bo‘ylab mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish, bu boradagi zamonaviy tendensiyalarni aniqlashga qaratilgan.
O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi jamoasi
© Turizm va madaniy meros vazirligi
O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi jamoasi quyidagi sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi:
Abu Hurayra To‘ychixo‘jayev – “Zamonaviy oshxona – go‘shtli taom” va “Baliqli taom” nominatsiyalari bo‘yicha 2 ta kumush (ikkinchi o‘rin);
Elerbek Mirbaboyev – “Zamonaviy oshxona – go‘shtli taom” nominatsiyasi bo‘yicha ikkinchi o‘rin (kumush);
Shohruzxon Ibragimov – “Baliqli taomlar” nominatsiyasida uchinchi o‘rin (bronza).
Aytilishicha, sammit bilan bir vaqtda “Halal Expo 2022” ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tmoqda. Unda umumiy ovqatlanish bozoridagi eng yangi texnologiyalar namoyish etilmoqda.