Maqsadimiz inklyuziv ta’limni rivojlantirish - rossiyalik mutaxassis

TOshkentdagi inklyuziv ta’limga bag‘ishlangan anjumanda Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlardan ma’ruzachilar ishtirok etishdi.
Sputnik
TOShKENT, 25 noya - Sputnik. Toshkentda, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida xoreograf-pedagog Shahzoda Xudoynazarovaning “Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish” loyihasi asosida xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Mejdunarodnaya konferensiya posvashennaya inklyuzivnomu obrazovaniyu v Tashkente
Unda Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlardan ma’ruzachilar ishtirok etishdi.
“Maqsadimiz inklyuziv ta’limni rivojlantirish va O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlikda yangi innovatsion loyihalarni ishlab chiqishdir. Biz Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida bo‘lib, qobiliyatli imkoniyati cheklangan bolalarni ko‘rdik va ularga sifatli ta’lim berilayotgani bizni quvontirdi”, - dedi Rossiyaning Chelyabinsk davlat madaniyat instituti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Lyubov Nikolayeva.
Xalqaro konferensiya o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib borildi.
Mejdunarodnaya konferensiya posvashennaya inklyuzivnomu obrazovaniyu v Tashkente
“Davlat tomonidan imkoniyati cheklangan bolalarga moddiy-ma’naviy yordam beriladi, ammo ularning qalbi ham ko‘mak istaydi. Mazkur doyiha aynan “qalbi yarim”bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolalarning iste’dodini yuzaga chiqarishga qaratilgan. Musiqa va raqs bolalarning qalb jarohatlarini davolaydi”, dedi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, jurnalist Muslimbek Yo‘ldoshev.
Imkoniyati cheklangan bolalarga ritmik va xoreografik fanlarni o‘qitish, jismoniy mashqlar bajarish orqali nogiron bolalarni jismonan va ruhan salomatlikni ta’minlaydi.
“Nogiron bolalarga dars berish jarayonida ularda pozitivlik va motivatsion kayfiyatni oshganligini kuzatdim. Musiqa va raqs nogiron bolaning o‘zidagi nuqsonni unutishga yordam beradi. Demak loyihamizning taraqqiyoti hali oldinda”, dedi xoreograf-pedagog Shahzoda Xudoynazarova.
Shahzoda Xudoynazarova