TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Rossiya IIV mamlakatning Raqamli rivojlanish va Mehnat vazirliklari bilan birga Rossiyaga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlaridan kelayotgan chet elliklar uchun mobil ilova ishlab chiqmoqda. Bu haqda Rossiya IIV migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova ma’lum qildi.
“Raqamli rivojlanish vazirligi va Mehnat vazirligi bilan birga biz mobil ilova ustida ish olib borapmiz. Bu YeOII fuqarolariga taalluqli. Bu mobil ilova yordamida nafaqat Rossiya ish topish, balki Rossiyaga kirishga taqiq qo‘yilgani yoki yo‘qligini aniqlash mumkin”, -dedi Kazakova “Rossiya segodnya” XAA matbuot markazidagi brifingda.
U bu kishi Rossiyaga kelishdan oldin uning kirishiga cheklov qo‘yilgani yoki yo‘qligini bilishi uchun muhim ekanini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, hozir YeOIIga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya a’zo. O‘zbekiston, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega.
O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Maxsus komissiya integratsiyaning ehtimoliy afzalliklari va xatarlari hamda maqbul shart-sharoitlarini o‘rganmoqda.