Suriya bo‘yicha Ostona formatidagi muzokaralarning keyingi raundi Rossiyada o‘tkaziladi

Rossiya, Turkiya va Eron Ostona formatidagi muzokaralarning navbatdagi raundini Rossiyada o‘tkazishga kelishib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Rossiya, Turkiya va Eron Ostona formatidagi muzokaralarning navbatdagi raundini 2023-yilning birinchi yarmida Rossiyada o‘tkazishga kelishib oldi. Bu haqda uch davlatning Suriya bo‘yicha Ostona muzokaralari yakunlari bo‘yicha bayonotida aytilgan.

“Biz Suriya bo‘yicha 20-xalqaro yig‘ilishni 2023-yilning birinchi yarmida o‘tkazishga kelishib oldik. 2022-yil 19-iyuldagi uch tomonlama sammitning yakuniy bayonotida Rossiya Federatsiyasida navbatdagi sammitni tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolanganini ta’kidladik”, - deyiladi xabarda.

22-23 noyabr kunlari Qozog‘iston poytaxtida Ostona formatidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Maslahatlashuvlarning 19-raundida jarayonning kafil davlatlari (Rossiya, Turkiya, Eron) delegatsiyalari, Suriya hukumati va muxolifati, shuningdek, BMT vakillari ishtirok etdi.