“Bugun biz axborotlashtirishdan raqamlashtirishga o‘tmoqdamiz, ta’limga raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda. Shunday ekan, bugungi kunda har bir o‘qituvchi raqamli kompetensiyalarga muhtoj ekanini anglashi kerak”, - deydi A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining raqamli ta’lim kafedrasi mudiri, professor Tatana Noskova.
“Loyiha ustida 150 dan ortiq mutaxassislar ishlamoqda, O‘zbekiston maktab o‘quvchilari uchun teledidaktik materiallar tayyorlanmoqda. Shunday qilib, 2022-yilda “ Klass! (Zo‘r!)” loyihasini amalga oshirish yanada kengaydi... Ishonchim komilki, forum dasturi ishtirokchilarga ish tajribasini almashish va an’anaviy muvaffaqiyatli o‘qitish amaliyotini maktab ta’limi tizimidagi zamonaviy ishlanmalar bilan bog‘lash imkonini beradi”, - deydi Rossiya davlat pedagogika universiteti rektori Sergey Tarasov.
“Masalan, bugun biz immersiv texnologiyalar haqida gapirdik. Bu o‘quv jarayonida qo‘llanilishi rejalashtirilgan virtual reallik texnologiyalari. 3D ko‘zoynaklar har qanday didaktik muhitga sho‘ng‘ish imkonini beradi. Misol uchun, agar geografiyada dengiz manzaralarini o‘rganish mavzusi mavjud bo‘lsa, u holda talaba ko‘zoynak taqib, dengizda suzishi va orolda to‘xtashi mumkin. Biologiyani o‘rganish orqali u qon tomirlaridan o‘tishi mumkin. Bu bugungi kunda belgilab qo‘yilgan kelajak texnologiyasi. Bunday istiqbollar bizni o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan birlashtiradi”, - dedi Sputnik muxbiriga Rossiya davlat pedagogika universiteti professori Yuliya Komarova.