TOShKENT, 22 noya - Spurtnik. Rossiya Markaziy banki SBP (Sistema bistrix platejey - tez pul o‘tkazish tizimi) tizimi orqali jismoniy shaxslar orasida xorijga pul o‘tkazmalar uchun yagona komissiya joriy etdi.
O‘tkazma summasidan qat’i nazar, komissiya faqat jo‘natuvchi bank tomonidan Rossiya bankiga 6 rubl miqdorida to‘lanadi. Yakuniy pul oluvchi uchun transchegaraviy o‘tkazmalar bepul bo‘ladi, chunki banklar undan komissiya ololmaydilar, - deyilgan Markaziy bank xabarida.
Ma’lumot uchun, SBP (Sistema bistrix platejey) - Rossiya Markaziy bankiga tegishi to‘lov tizimi bo‘lib, u Rossiyada 2019-yilda paydo bo‘lgan edi. Ayni damda unga Rossiyaning deyarli barcha yirik banklari va qator xorijiy banklar qo‘shilgan. Jami 217 ta bank.
SBP yordamida jimoniy shaxslar orasida 150 000 rubl miqdorigacha bo‘lgan pul o‘tkazmalari amalga oshirish mumkin. O‘tkazma cheklovlari bir kunda - 150 000 rublgacha, bir oyda - 600 000 rublgacha. Summasi 100 000 rublgacha bo‘lgan pul o‘tkazmalari 2024-yilning 1-iyulga qadar komissiya olmasdan amalga oshiriladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yil oxiriga qadar SBP to‘lovlari Belarusda ishga tushishi rejalashtirilgan. 2023-yildan boshlab esa ushbu to‘lov tizimi Qozog‘iston va Armanistonda va boshqa YeOII davlatlarida ishga tushishi belgilangan. Rossiya MB ma’lumotiga ko‘ra, SPB tizimiga xorijiy banklar qo‘shilishi mumkin.