Rossiya G‘arbni Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun birlashishga chaqirdi

Rossiya prezidentining Suriya bo‘yicha maxsus vakili mamlakat Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun xalqaro hamjamiyat birlashishi kerak deb hisoblashini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 22 noya - Sputnik. Moskva G‘arb davlatlari va xalqaro hamjamiyatni Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun birlashishga chaqiradi. Bu haqda Rossiya prezidentining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentyev ta’kidladi.
“G‘arb Suriya ma’lumotlaridan Rossiya bilan qarama-qarshilik jabhalaridan biri sifatida foydalanishga harakat qilmoqda. Bu juda achinarli. Biz Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun xalqaro hamjamiyat birlashishi va umumiy sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishi kerak, deb hisoblaymiz”, dedi u Ostonadagi Suriyani tartibga solish bo‘yicha muzokaralarning 19-raundida.
Ma’lumot uchun ,“Ostona” formatidagi muzokaralar Qozog‘iston poytaxtida 22-noyabr kuni boshlandi va 23-noyabrga qadar davom etadi. Maslahatlashuvlarning joriy raundida jarayonning kafil davlatlari (Rossiya, Turkiya, Eron) delegatsiyalari, Suriya hukumati va muxolifati, shuningdek, BMT vakillari ishtirok etmoqda.