TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Kuba G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini qoralaydi, Ukraina mojarosidagi sabablarni AQSh va NATO siyosatidan izlash kerak. Bu haqda Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel ma’lum qildi.
“Kuba Rossiya Federatsiyasiga qarshi adolatsiz bir yoqlama kiritilayotgan sanksiyalarni keskin qoralaydi. Bu hududdagi joriy mojaro sabablarini AQShning tajovuzkor siyosati va NATOning Rossiya bilan chegaraga kengayishidan izlash zarur”, - dedi Migel Dias-Kanel Rossiya Davlat dumasida nutq so‘zlayotib.
Kuba rahbari Gavana Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qoralashini bir necha marta takrorlagani va Ukrainadagi mojaro muzokaralar yo‘li bilan hal etilishi tarafdori ekanini ta’kidladi.