TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Polsha mamlakat hududiga Ukraina raketasi qulagani uchun Rossiya bilan urush bo‘lishini istamaydi. Bu haqda prezident Anjey Duda o‘zini Fransiya prezidenti Emmanuel Makron deb tanishtirgan rossiyalik prankerlar Vovan va Leksus bilan bilan suhbatda ma’lum qildi.
“Ishoning, men juda ehtiyotkorman. Men ruslarni ayblamayman, bu urush. Menimcha, urushda har ikki tomon bir-birini ayblaydi. Sizningcha, menga Rossiya bilan urush kerakmi? Yo‘q, men buni xohlamayman. Men Rossiya bilanu urushni xohlamayman va men juda ehtiyotkorman, ishoning, juda ehtiyotkorman”, dedi Duda.
Dudaning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy sodir bo‘lgan voqeada Rossiyani ayblamoqda.
“Uning aytishicha, ular bu ruslar tomonidan uchirilgan Rossiya raketasi ekanligiga to‘liq ishonch hosil qilmoqda. Va u bu Ukraina raketasi bo‘lishi mumkin emasligini aytdi. U dalillari borligini aytdi”, dedi prezident.
Bundan tashqari, Dudaning aytishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden unga tergovda ishtirok etish uchun ekspertlarni yuborishga va’da bergan.
O‘tgan seshanba kuni Polsha OAVi Ukraina bilan chegaradagi Lyublinsk voyevodasiga ikkita raketa qulagani haqida xabar bergan edi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.
AP agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bular Rossiya raketalarini tutib olish uchun uchirilgan Ukraina raketalari bo‘lgan.
Shu bilan birga, voqeadan so‘ng darhol Polsha TIV Rossiyada ishlab chiqarilgan raketalar qulaganini ma’lum qilgan va Rossiya elchisi idoraga chaqirilgan. Shu bilan birga, prezident Anjey Duda hozircha aniq ma’lumot yo‘qligini ta’kidlagan. Voqeadan keyin Varshava asosiy shartnomaning to‘rtinchi moddasiga muvofiq NATO kengashini chaqirgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi harbiylar Ukraina-Polsha chegarasi hududidagi nishonlarga zarba bermaganini ta’kidlagan va Varshavaning Moskva ishtiroki haqidagi barcha bayonotlarini provokatsiya deb atagan.
AQSh prezidenti Jo Baydenning G7 davlatlari yetakchilarining favqulodda yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha so‘zlariga ko‘ra, dastlabki ma’lumotlar qulagan raketa Rossiya qo‘shinlari tomonidan uchirilganini tasdiqlamaydi.
Chorshanba kuni Polsha prezidenti Anjey Duda ham raketalar Ukrainaga tegishli bo‘lishi ehtimoli yuqori ekanligini tan olgan.