TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi Rossiyaning “Wildberries” marketpleysi (internet do‘kon) orqali meva-sabzavot mahsulotlarni eksport qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda vazirli matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkentda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Shuhrat Mirzayev va “Wildberries” bosh direktori Tatana Bakalchuk ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilgan.
“Shuhrat Mirzayev “Wildberries” MChJ marketpleysi orqali meva-sabzavot mahsulotlarini jamlanma eksport qilishni tashkil etishni taklif qildi”, - deyilgan xabarda.
Uchrashuvda Toshkent shahrida saralash va logistika markazlarini qurish masalalari ham muhokama qilingan.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan Toshkent, Samarqand va Andijonda uchta agrologistika markazini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. Va u “Wildberries” MChJga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari logistikasini tashkil etish nuqtayi nazaridan ushbu loyihani ko‘rib chiqishni taklif qildi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston agrosavdo portalini integratsiyalash, ya’ni maydonlarni o‘zaro integratsiya qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etish masalasini muhokama qilishdi.
Avvalroq “Wildberries” O‘zbekistonda yirik savdo-logistika majmuasi qurishi xabar qilingan edi.
“Wildberries” - Rossiyaning universal formatdagi eng yirik onlayn gipermarketi. Bozorda kiyim-kechak, poyabzal, elektronika, bolalar va uy-ro‘zg‘or buyumlari va hatto oziq-ovqat mahsulotlari, kosmetika va boshqa tovarlar sotiladi. “Wildberries” tovarlarni sotish xizmati O‘zbekistonda 2022-yil fevral oyida ishlay boshlagan.