TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Moskva-Farg‘ona yo‘nalishidagi samolyot noqulay ob-havo tufayli Namanganga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo Neba” kanalida xabar berildi.
Ta’kidlanishicha, bugun, 20-noyabr kuni Moskvadan havoga ko‘tarilgan samolyot noqulay ob-havo tufayli Farg‘ona aeroportiga qo‘na olmagan va Namangan aeroportiga yo‘naltirilgan.
Shuningdek, “Uzbekistan Airways”ning HY-081 reysining Toshkent — Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha parvoz vaqti ham tuman tufayli kechiktirilgan.