TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Rossiya va Xitoy Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) boshqaruvchilar kengashining Ukrainadagi yadroviy xavfsizlik bo‘yicha 17-noyabr kuni qabul qilingan rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berdi. Bu haqda Rossiyaning Venadagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonasi ma’lum qildi.
MAGATE hujjatida aytishilishiga ko‘ra, tekshiruv chog‘ida “Ukrainaning uchta joyida e’lon qilinmagan yadroviy faollik yoki radiologik tarqatish moslamalarini (“iflos bombalar”)” ishlab chiqish bilan bog‘liq hech qanday dalil topilmagan".
Ushbu rezolyutsiyaga bir necha davlatlar qarshi ovoz berishdi, ayrimlar umuman ishtirok etmadi.
“Rossiya va Xitoy qarshi ovoz berdi. Vyetnam, Hindiston, Keniya, Namibiya, Pokiston, Saudiya Arabistoni va Janubiy Afrika betaraf qoldi. Burundi va Liviya delegatsiyalari ovoz berishda qatnashmadi”, deya ta’kidlangan xabarda.
MAGATEdagi Rossiya missiyasi xulosasiga ko‘ra, ushbu qaror noto‘g‘ri va insoniyatning ko‘p soni qismi yashaydigan davlatlari uni ma’qullamagan.
"17 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan MAGATE Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishida Ukrainadagi yadroviy xavfsizlik, xavfsizlik va kafolatlar bo‘yicha noprofessional, agentlik vakolatiga kirmaydigan va haqiqatda noto‘g‘ri rezolyutsiya qabul qilindi. Bu MAGATE ishini siyosiylashtirishga qaratilgan yana bir qadamdir”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi ularda Kiyevning “iflos bomba” qo‘llash rejalari haqida ma’lumotlar borligi va bunda Moskvani ayblamoqchiligi haqida xabar bergan edi. Shundan so‘ng MAGATE yadroviy obyektlarni o‘rganish uchun Ukrainaga inspektorlar guruhini yubordi. Agentlik rahbari Rafael Grossining so‘zlariga ko‘ra, tekshiruv vaqtida ekspertlar “iflos bomba” tayyorlanayotgani belgilarini topa olmagan.
Rossiyaning Venadagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Mixail Ulyanovning ta’kidlashicha, agentlikning ikki inspektori Ukrainaning uchta obyektiga, jumladan, qo‘mondonlik obyektlariga tashrif buyurgan, tekshiruv esa bir necha soat davom etgan.