TOShKENT, 17 noya - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning Dashoguz shahrida bo‘lib o‘tayotgan o‘zbek-turkman do‘stligi festivali ishtirokchilariga tabrik so‘zi yo‘lladi.
So‘z boshida Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ushbu do‘stlik festivalni yuksak darajada tashkil etilgani minnatdorlik bildirdi va kelajakda ushbu tadbir o‘zbek va turkman xalqlari o‘rtasidagi qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini yanada kuchaytirishga ishonch bildirdi.
Festivalning barcha ishtirokchilariga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va ezgu faoliyatlarida yangi muvaffaqiyatlar tilayman, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu bilan birga O‘zbekiston prezidenti O‘zbekiston va Turkmaniston orasida madaniy ma’rifiy aloqalar yil sayin faollashib borayotganini aytib o‘tdi.
Xususan, yaqinda O‘zbekistonda tayyorlab chop etilgan 100 jildli “Turkiy adabiyot durdonalari”ning 10 ta jildi turkman adabiyotiga bag‘ishlanganini va u yerda Ozodiy, Andalib, Maxtumquli, Mullanafas, Berdi Kerbobayev, Xidir Derayev, Otajon To‘g‘on kabi o‘nlab mashhur turkman mumtoz va zamonaviy shoir-yozuvchilarning sara asarlari joy olganiga e’tibor qaratdi.
Shuningdek, 2018-yilda Toshkentdagi ko‘chalardan biriga turkman shoiri Maxtumquli nomi berilib, xiyobon barpo etildi, shoir siymosi aks etgan barelyef o‘rnatildi.
Undan tashqari Xorazm viloyatidagi “Turkmanlar” mahallasida joylashgan qadimiy “Ulli hovli” yodgorlik majmuasi qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.
Toshkentda barpo etilgan “Ashxobod” bog‘i va Ashxoboddagi “Toshkent” bog‘lari o‘zbek va turkman xalqlarining abadiy do‘stligi ramzi bo‘lib qoladi, - dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyeva O‘zbekiston va Turkmaniston munosabatlarning yuksak ruhda rivojlanib borishida Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning ham misli ko‘rilmagan hissasi borligini alohida aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda prezident lavozimigi kirishganidan so‘ng o‘zining ilk xorijiy davlat tashrifini Turkmanistonga amalga oshirgan edi.