YuNESKO bilan 2022-2026 yillar uchun davlat dasturi imzolandi

YuNESKO va O‘zbekiston hukumati bir qator kelishuvlarga erishishdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. YuNESKO va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha 2026-yilgacha mo‘ljallangan davlat dasturi imzolandi.
U O‘zbekistonda tinchlik va barqaror taraqqiyot g‘oyalarini ilgari surish yo‘lida hamkorlik qilishni nazarda tutadi.
Hujjatga ko‘ra, YuNESKO va O‘zbekiston hukumati bir qator kelishuvlarga erishdi. Xususan, YuNESKOning 2022–2029 yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli strategiyasini amalga oshirishda hamkorlik qilinadi.
Qolaversa, YuNESKO 2022–2026 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, O‘zbekiston hukumati birinchi donor bo‘lishi mumkin bo‘lgan 2022–2026 yillar davlat dasturi Harakat rejasi birgalikda amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, YuNESKO O‘zbekiston uchun bir qancha imtiyozlarni ham taqdim etadi. Dastur 2026-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.