TOShKENT, 15 noya — Sputnik. RT serb tilida RT Balkan onlayn eshittiruvini ishga tushirdi.
Yangi multimedia portali mintaqa va dunyoning eng dolzarb voqealarini muqobil nuqtayi nazardan yoritadi.
“Ehtimol, bizni bu yerdagi kabi dunyoning boshqa hech bir yerida bunchalik kutishmagan bo‘lsa kerak. Men aziz serblarga ularning tilida murojaat qilmoqchiman: “Braћo, gledaјte RT (Birodarlar, RT᾽ni tomosha qiling)”, - dedi RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan.
RT Balkan bosh muharriri Yelena Milinchichning ta’kidlashicha, endi mintaqa aholisi zamonaviy dunyoning yanada to‘liq axborot ta’rifini ta’minlovchi serb tilidagi RT᾽ni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“Bolqon hududi mediasining bir qismi bo‘lish biz uchun katta chaqiriq. Biz unga tayyormiz”, - dedi u.
Serb tilidagi televizion eshittiruvni 2024-yilga qadar ishga tushirish rejalashtirilmoqda.