G‘arb G20 ning yakuniy deklaratsiyasini siyosiylashtirishga harakat qildi – Lavrov

Rossiya Federatsiyasi “Katta yigirmatalik”ning yakuniy deklaratsiyasida "Ukraina bo‘yicha pozitsiyalar turlicha" degan ibora qo‘shilishini talab qildi.
Sputnik
TOShKENT, 15 noya - Sputnik. G‘arb “Katta yigirmatalik” (G20) sammitining yakuniy deklaratsiyasini siyosiylashtirishga, unga Rossiyani qoralovchi so‘zlarni kiritishga harakat qildi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

“Ko‘rib chiqilayotgan deklaratsiya muhokama qilingan barcha sohalarni – oziq-ovqat, energetika va sog‘liqni saqlashni qamrab oladi. G‘arblik hamkasblarimiz ushbu deklaratsiyani siyosiylashtirishga har tomonlama harakat qilishdi va Rossiya Federatsiyasining butun G20, ya’ni o‘zimiz nomimizdan ham qoralashni anglatuvchi so‘zlarni kiritishga urinishdi”, - deydi Lavrov.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi “Katta yigirmatalik”ning yakuniy deklaratsiyasida "Ukraina bo‘yicha pozitsiyalar turlicha" degan ibora qo‘shilishini talab qilgan.
“G‘arb “biz, ko‘plab delegatsiyalar” Rossiyani qoraladik, degan iborani qo‘shib qo‘ydi. Biz muqobil nuqtayi nazarlar taqdim etilganini qayd etdik. Bizning fikrimizcha, bu ibora masalaga chuqur kirib bormaslik uchun yetarli. Chunki bu G20 ning ishi ham emas”, - degan Lavrov yakuniy brifingda.
Ma’lumot uchun, G20 sammiti 15-16 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tmoqda. Rossiya delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qilmoqda.