TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Donesk xalq respublikasidagi (DXR) Pavlovka aholi punkti shiddatli janglar natijasida Rossiya qo‘shinlari tomonidan ozod qilindi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.
“14 noyabr kuni shiddatli janglar natijasida Rossiya qo‘shinlari tomonidan Donesk xalq respublikasidagi Pavlovka aholi punkti to‘liq ozod qilindi”, - deyiladi xabarda.
Kuni kecha Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shinlarining muvaffaqiyatli hujum operatsiyalari natijasida Donenks yo‘naliidagi Mayorsk aholi punkti to‘liq ozod qilinganini ma’lum qilgan edi.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” ekanini aytgan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyadan asosiy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.