Jizzax viloyatida 3 balli zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekistonda bir kunda uchinchi marta yer qimirlashi kuzatildi.
Sputnik
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Bugun soat 15:42da Jizzax viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Zilzila markazi viloyatning Zarbdor tumani bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 40,24 gradus shimoliy kenglik; 68,31 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda 3,1. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 137 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
Sardoba tumanida 3 ball, 10 km.
Zarbdor tumanida 3 ball, 16 km.
Paxtakor tumanida 2-3 ball, 26 km.
Oqoltin tumanida 2 ball, 32 km.
Xovos tumanida 2 ball, 34 km.
Eslatib o‘tamiz, bugun soat 13:01da Andijon viloyatning Xo‘jaobod, Buloqboshi va Jalaquduq tumanlarida ham yer silkinishi kuzatilgan edi.
Bundan tashqari, Toshkent vaqti bilan soat 03:07 da Tojikistonda ro‘y bergan zilzila kuchi O‘zbekistonning qator hududlarida sezilgan edi.