O‘zbekiston TURKSOY tuzilmasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) xalqaro tashkiloti 1993-yilda tashkil etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-noyabr kuni “TURKSOY tuzilmasi va faoliyat ko‘rsatish prinsiplari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Qonun bilan TURKSOY tuzilmasi va faoliyat ko‘rsatish prinsiplari to‘g‘risidagi shartnoma (Olmaota, 1993-yil 12-iyul) ratifikatsiya qilindi.
Ma’lumot uchun, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) xalqaro tashkiloti 1993-yilda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Turkiya o‘rtasidagi kelishuv natijasida tashkil etilgan.
Tuzilmaning asosiy vazifasi turkiy xalqlarning ma’naviy yaqinlashuvi va qardoshlik birligini mustahkamlash, turkiy madaniyatni dunyoga tanitish va uning an’analarini kelajak avlodlarga yetkazish hisoblanadi.
O‘zbekistonning TURKSOYga a’zo bo‘lishi boy madaniy-ma’naviy merosni keng targ‘ib qilish, mamlakatning "Turkiy dunyo beshigi" sifatidagi imijini oshirish, ziyorat turizmini rivojlantirish hamda madaniyat sohasidagi qo‘shma loyihalarni jadal ilgari surishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.