TOShKENT, 11 noya - Sputnik. Rossiya qo‘shinlarni Dneprning chap qirg‘og‘iga o‘tkazish 11-noyabr Moskva vaqti bilan tong soat 05:00da yakunlandi, - deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
"Dneprning chap qirg‘og‘iga o‘tkazish chog‘ida o‘ng qirg‘oqda birorta ham harbiy texnika va qurol-yarog‘ qolmagan, Rossiyaning barcha harbiy xizmatchilari daroni kesib o‘tgan, shaxsiy tarkib, qurol-yarog‘, texnika va materiallar yo‘qolishiga yo‘l qo‘yilmagan", - deyiladi vazirlik xabarida.
Undan tashqari Mudofaa vazirligi quyidagilarni ma’lum qilgan:
Daroni kesib o‘tgan qo‘shinlar muhandislik kuchlari tomonidan oldindan tayyorlangan mudofaa chiziqlari va pozitsiyalariga joylashdilar.
Xerson viloyatining o‘ng qirg‘oq qismini tark etishni istagan barcha fuqarolar evakuatsiya qilishda yordam oldilar.
Kechasi Ukraina tinch aholini tashish va qo‘shinlarni chap qirg‘oqqa o‘tkazishni buzishga urindi - Ukraina harbiylari HIMARS raketalari bilan o‘tish joylariga 5 ta zarba berdi, Rossiya havo mudofaasi 28 ta snaradni havoda yo‘q qilidi, 5 snarad elektron vositalar yordamida nishondan chetlatildi.
o‘tgan ikki kun Ukraina bo‘linmalarining oldinga siljishi - 10 km dan ko‘p emas.
Rossiya artilleriyasi va havo zarbalari, minalar va portlovchi to‘siqlardan foydalanish Ukraina bo‘linmalarini Dnepr bo‘ylab o‘tish joylaridan 30-40 km masofada to‘xtatib turdi.
"Lanset" kamikadze dronlari va reaktiv qurollar yordamida o‘tgan sutka davomida Amerikaning 3 ta M777 gaubitsasi, 2 ta piyoda jangovar mashinasi va 3 ta dushman pikapini yo‘q qildi, 20 dan ortiq ukraina askari, 2 ta tank, 2 ta o‘ziyurar artilleriya moslamasi va 3 ta zirhli mashina portlatib yuborildi.
Ma’lumot uchun, kecha kechqurun Ukraina OAVlarida Dnepr darosidagi Antonov ko‘prigiga hujum qilngani va u buzib tashlangani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi. Keyinroq Rossiya Mudofaa vazirlig ushbu xabarlarni rad etdi va Antonov ko‘prigi orqali Dneprni kesib o‘tayotgan Rossiya harbiylari videosini namoyish qildi.
Eslatib o‘tamiz, 9-noyabr kuni maxsus operatsiya doirasida birlashgan qo‘shinlar qo‘mondoni general Sergey Surovkin Rossiya Mudofaa vazirligidan qo‘shinlarni Dneprning chap qirg‘og‘iga ko‘chirishga ruxsat so‘ragan edi.
General Surovkin aytishiga ko‘ra, ushbu qaror Rossiya qo‘shinlarning shaxsiy tarkibini saqlab qolish maqsadida qabul qilingan. Chunki Ukrana Qurolli kuchlari tomonidan Kaxovskaya GESi to‘g‘oni buzish ehtimoli mavjud. Ushbu reja amalga oshgan taqdirda Xerson va uning atrofida ulkan hududlarni suv bosishi, ko‘p sonli tinch aholi qurbon bo‘lishi va Dneprning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Rossiya qo‘shinlari ta’minoti uziib qolishi xavfi bor.