O‘zbekistonda gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati vaqtincha cheklanadi

Amaliyotga joriy etilayotgan choralar vaqtinchalik bo‘lib, munosib shart-sharoit paydo bo‘lishi bilan barcha AGTKSh odatdagi ish tartibiga qaytadi.
Sputnik
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. O‘zbekistonda avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqida O‘ztransgaz xabar berdi.
Aytilishicha, so‘ngi kunlarda ob-havoning sovuqlashuvi sharoitida aholi, iste’molchilar hamda ijtimoiy soha obyektlari, shuningdek, strategik ahamiyatga molik korxonalarni tabiiy gaz iste’moli ortgan.
Shu munosabat bilan 9-noyabrdan barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari (AGTKSh) Energetika vazirligi hamda viloyatlar hokimliklari bilan tasdiqlangan jadvalga asosan maxsus ish tartibiga o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, amaliyotga joriy etilayotgan choralar vaqtinchalik bo‘lib, munosib shart-sharoit paydo bo‘lishi bilan barcha AGTKSh odatdagi ish tartibiga qaytadi.