TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Samarqandga tashrif buyuradi. U Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) birinchi sammitida ishtirok etadi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Qayd etilishicha, bugun sammit doirasida bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkaziladi. Xususan, "Samarkand Regency" mehmonxonasida TDTga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlarning savdo vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, vazirlik va idoralar rahbarlari OAV uchun brifinglar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
TDTning birinchi sammiti 10-11 noyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadi.