TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Ukraina qo‘shinlari Xerson yaqinida katta yo‘qotishlarga uchradi, halok bo‘lganlar ko‘p, ular orasida yollanma askarlar ham bor. Bu haqda RIA Novosti agentligiga viloyat ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov ma’lum qildi.
“Halok bo‘lganlar juda ko‘p edi, jumladan, yollanma askarlar ham. Ko‘p texnika bor edi, ular yaxshigina ishdan chiqdi. Ularda ishchi kuchi va texnikada katta yo‘qotish bor”, - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, frontda polshalik va ingliz tilida so‘zlashuvchi yollanma askarlarning borligi qayd etilgan.
“Hozir ular mudofaa chizig‘iga qaytdi, shuning uchun bizning taktik vaziyatimiz yaxshiroq, chunki biz ularning hujumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan edik”, - deb tushuntirdi Stremousov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ukrainalik harbiylarning Xerson yaqinidagi qishloqlardan olingan selfilari Rossiya bo‘linmalari bo‘lmagan “kulrang” zonada olingan.
Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasi sifatida “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.