TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Sivilizatsiya qonuniyatlarini bashorat qilishga mo‘ljallangan "World One" superkompyuteri insoniyatning yo‘q bo‘lib ketish davrini belgilab berdi. Bu haqda Britaniyaning “The Daily Star” nashri ma’lum qildi.
1970-yillarda Rim klubi buyurtmasi bilan yaratilgan mashina 2050-yilda sivilizatsiya qulashini hisoblab chiqdi. Oxir zamonning sababi odamlarning faoliyati, xususan, atrof-muhitning ifloslanishi va uning salbiy oqibatlari bo‘ladi.
“Taxminan 2040 va 2050-yillar oralig‘ida bu sayyorada sivilizatsiyalashgan hayot yo‘qoladi”, - deyiladi prognozda.
Ta’kidlanishicha, hatto to‘liq “ekologik toza” avtomobillarga o‘tish va tug‘ilishni qat’iy nazorat qilish ham vaziyatni yaxshi tomonga tuzatmaydi.
“The Daily Star”, shuningdek, superkompyuterning 2020-yil uchun bashoratida sayyoraning holati “o‘ta og‘ir” bo‘lishi ta’kidlanganini eslatgan.