"Umuman olganda, bu fanga kam e’tibor qaratilgan. Hozir maktablarning atigi 3 foizida to‘liq harbiy tayyorgarlik uchun zarur jihozlar mavjud. Ko‘pgina boshqa maktablarda hattoki saf tortish maydonchalari ham yo‘q", - deydi Mirzo.
“Har qanday o‘smir Vatan himoyachisi bo‘lib ulg‘ayishi, qo‘lida qurol tuta bilishi kerak. Afsuski, mening so‘zlarimni noto‘g‘ri talqin qilishmoqda. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgunga qadar boshlang‘ich o‘quv mashg‘ulotlarida hech qanday yomon narsa yo‘q. Ertaga yigitlarning armiyada xizmat qilishlari oson bo‘ladi. Ushbu fan inson xulq-atvorini shakllantiradi. Bu unga erkaklik tuyg‘usini singdiradi, tartib-intizomga, or-nomusga o‘rgatadi”, - deydi deputat.
“Men har qanday zo‘ravonliklarga qarshiman, men birinchi navbatda ta’lim-tarbiya haqida gapiraman”, - deya xulosa qildi Iqbol Mirzo .