Xitoyda sovet askarlari xotirasiga o‘rnatilgan yodgorliklar qayta ta’mirlandi

Xitoy Shimoli-sharqini 1945-yil avgustida yapon militaristlaridan ozod qilgan sovet askarlari sharfiga qo‘yilgan yodgorliklar ta’mirlandi.
Sputnik
TOShKENT, 8 noya - Sputnik. Xitoyning Tunszan va Dunnin aholi punktlarida sovet harbiylari sharafiga o‘rnatilgan yodgorliklar ta’mirlandi. Bu haqda Rossiyaning Xarbin shahridagi Bosh konsulxonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, Tunszan shahri bog‘idagi yodgorlik Qizil Armiyaning 2-Uzoq Sharq fronti askarlari va ofitserlari sharafiga o‘rnatilgan.
Dunnin shahri chekkasida, Sanchakou qishlog‘ida Qizil Armiyaning 1-Uzoq Sharq fronti askarlarining ommaviy qabri bor.
Diplomatik missiyaning ta’kidlashicha, hammasi bo‘lib Xeylunszan provinsiyasi hududida Rossiyaning 36 ta harbiy yodgorlik obyektlari joylashgan.
Pamatniki sovetskim voinam v kitayskix gorodax Tunszan i Dunnin
Ma’lumot uchun, Ikkinchi jahon urushi yakunida, 1945-yilning 9-avgust kuni Qizil armiya yapon militaristlari tomonidan bosib olingan Xitoyning shimoliy hududlarini ozod qilish maqsadida - Manchjuriya strategik operatsiyasini boshlagan edi. SSSR va Mongoliya qo‘shinlari ishtirok etgan harbiy operatsiya davomida Yaponiyaning Kvantun armiyasi to‘liq yakson qilinib, Xitoyning Shimoli-sharqi, Manchjuriya hududi, Shimoliy Koreya, Janubiy Saxalin va Kuril orollari to‘liq ozod qilingan edi.
Manchjuriya harbiy operatsiyasi 1945-yilning 2-sentabrida Sovet Ittifoqining to‘liq g‘alabasi va Yaponiya kapitulyasi bilan yakunlangan edi. 25 kun davom etgan harbiy harakatlar davomida 12 ming sovet askarlari qurbon bo‘ldi.