TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Ukraina qo‘mondonligi halok bo‘lgan askarlarning oilalariga kompensatsiya to‘lamaslik uchun ularga oid ma’lumotlarni sir tutmoqda. Bu haqda asirga tushgan Ukraina Qurolli kuchlarining 25-alohida hujumchi brigadasi harbiy xizmatchisi Aleksandr Barlyan ma’lum qildi.
“Brigadamiz kompensatsiya to‘lamaslik uchun kamida meni bedarak yo‘qolgan deb rasmiylashtirgan”, - dedi asir. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Barlyanning tushuntirishicha, bedarak yo‘qolganlar uchun kompensatsiya to‘lash ko‘zda tutilmagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oilalarningpul olishi hamisha ham oson kechmaydi, hatto harbiy xizmatchi rasman dafn etilgan bo‘lsada.
“Yo‘qotishlar katta, pul esa shunchaki hammaga yetmaydi”, - deya qo‘shimcha qildi ukrainalik asir.
Barlyan Ukraina qonunchiligiga ko‘ra, halok bo‘lgan harbiy xizmatchining oilasi 15 mln grivna olishi kerakligiga aniqlik kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.