TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha tunda Donbassni, jumladan Mariupolni tiklash masalasini muhokama qilganini ma’lum qildi.
“Kecha kechqurun - yarim tun, soat o‘n ikkilar atrofida edi – hamkasblar bilan jiddiy shikastlangan Donbass, Mariupol hududlarini tiklashni muhokama qildik. U yerda uy-joylarni ham, ijtimoiy infratuzilma, bolalar bog‘chalari, kutubxonalar, teatrlar va muzeylarni ham tiklash kerak”, dedi Putin Milliy birlik kunida ko‘ngillilar bilan suhbat chog‘ida.
“Mariupol - juda mashhur, qadimiy, aytish mumkinki, Rossiya shahri. Potr birinchi bo‘lib u yerda birinchi harbiy flotiliyasiga asos solgan, birinchi g‘alabalarni qo‘lga kiritdi, keyin Suvorov u yerda o‘zining yurishlarini qildi, Yekaterina II bu yerlarni qurdi. Bu juda qiziq joy. Albatta, u yerda qilinadigan ishlar bor”, deya qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti.