TOShKENT, 3 noya — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkentdan Kuala-Lumpur (Malayziya)ga muntazam parvozlarni amalga oshira boshladi. Bu haqda aviatashuvchi matbuot xizmati xabar berdi.
“Aviakompaniya ilk parvozni ikki yildan so‘ng, joriy yilning 1-noyabr kuni amalga oshirdi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, Kuala-Lumpurga parvozlar haftaning ikki kuni: seshanba va jumada amalga oshiriladi.
Avvalroq “Uzbekistan Airways” 30-oktabrdan boshlab qishki jadvalga o‘tishi haqida xabar bergan edik. Kelayotgan qishda aviakompaniya marshrut tarmog‘idagi parvozlarning aksariyati Toshkentdan amalga oshiriladi.